Yangiliklar  >>

Oʻzbekiston maktablarida elektron jurnallar va kundaliklar joriy etiladi va bunda Xalq taʼlimi sohasida AKTni rivojlantirish markazining roli

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va “Дневник.ру” kompaniyasi umumtaʼlim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish boʻyicha loyihani amalga oshiradilar. Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz rasmiy veb saytida 2018 yil 6 avgustda eʼlon qilingan AKTni joriy etish yoʻlida davlat-xususiy sherikchiligi koʻrinishida hamkorlik qilish taklifiga asosan kelib tushgan arizalarni oʻrganish natijasida Rossiya kompaniyasining tashabbusi maʼqullandi.

Diqqat eʼlon!

Diqqat eʼlon! Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi oʻzining Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi filiallariga ISHGA TAKLIF QILADI! Kreativ fikrlaydigan, iqtidorli, fidoyi, jonkuyar va eng asosiysi, ertangi kunimiz egalari bo`lmish - yosh avlodning porloq kelajagi uchun hissa qoʻshishni istagan har bir inson ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari seminar-treninglarning tashkil etildi​

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari Multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazida oʻqituvchilar uchun Xalq taʼlimi tizimi xodimlarini taʼlim sifati monitoringi jarayonini samarali tashkil etish hamda trenerlar tayorlash boʻyicha “Oʻquvchilar bilimini xalqaro baholash talablari asosida testlarni davlat taʼlim standartlariga mos ravishda tuzish texnologiyasi” mavzusidagi seminar-treninglarning tashkil etildi.

Yangi oʻquv yiliga yangicha tayyorgarlik

Joriy yilning 25 avgust kuni poytaxtimizdagi muhtasham Yoshlar ijodiyot saroyida har yili yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan anʼanaviy tarzda tashkil etiladigan Maktab yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Respublika Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida boʻlib oʻtgan mazkur yarmarkaga ota-onalar, oʻquvchi yoshlar, talabalar va bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi. Turli nashriyot va markazlar tomonidan yangi darsliklar, oʻquv qurollari, zamonaviy elektron uslubiy qoʻllanmalar, kitoblar va maktab formalari namoyishi oʻtkazildi. Shuningdek, viloyat va tumanlardan kelgan iqtidorli yoshlar tomonidan yaratilgan robotli mashina, texnika va texnologiyalarning koʻrgazmasi tashrif buyurganlarda ajoyib taassurotlar qoldirdi.

2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarning muhokamasi

Diqqat e’lon! O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga asosan 2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarning muhokamasi joylashtirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tomonidan 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2018 yillarda Xalq ta’lim vazirligi tizimida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron (interaktiv) turlarga o‘tkazish jadvali”ga muvofiq markaz tomonidan 6 ta davlat xizmatini elektron turlarga o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda reglament loyihasi ishlab chiqilib ushbu dasturlar mavjud “xt.uzedu.uz” dasturiy tizim platformasi asosida yaratilmoqda.

Namunaviy video va audiodarslarda ishtirok etadigan ilg‘or o‘qituvchilar uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 13 aprel kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida 2018 yilda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar ishtirokida Respublika Ta’lim markazi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘quv seminar o‘tkazildi

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida Qonun ijrosi

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2018 yil 31 yanvardagi 9/18-18-233-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining xalq ta’limi tizimidagi ijrosi hamda vazirlik va unga qarashli respublika tashkilotlarida qabul qilingan huquqiy xujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini o‘rganish natijalari haqidagi taqdimnomasining muhokamasi hamda ta’lim muassasalarida bahorgi obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida videoselektor o‘tkazildi.

Metodistlar on-line testdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i asosida xalq tizimida faoliyat olib borayotgan barcha fan metodistlarining mutaxassisligi va uzluksiz xizmat ko‘rsatishdagi axborot kommunikatsiya savodxonligi yuzasidan bilimlarini o‘rganish bo‘yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorlikda joriy yilning 23-24 fevral kunlari davomida on-line test jarayoni o‘tkazilmoqda.

Koreya Respublikasi bilan hamokrlik ishlari

Joriy yilning 12 fevral kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirsh markazida O‘zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida ta’limda AKTni rivojlantirsh masalasi bo‘yicha kelishuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Xalq ta’limi vaziri va Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlari hamda Koreya Respublikasining SIGONG Media rais o‘rinbosari Kvak Duk Xoon ishtirok etishdi.

“Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari uchun video-mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 22 yanvar kuni “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari uchun kuni video-mahorat darsi tashkil etildi, o‘tkazilgan tadbirda respublkaning barcha hududlaridan sardorlar ishtirok etishdi.

“Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi

“Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi 2017 yil 24 noyabr kuni “Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” ning kichik faollar zalida o’tkazildi.

Joriy yilning 8 noyabr kuni Markazga KEFA vakillari tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 8 noyabr kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markaziga Koreya Respublikasining ta’lim sohasida o‘qitish bo‘yicha assotsiatsiyasi (KEFA) vakillari tashrif buyurishdi.

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko’rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandiì

Eng yaxshi veb-saytlar ko‘rik-tanlovi videoroligi

Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimining videoroligi tayyorlandi.

‘‘Maktab pasporti‘‘ - amalda

‘‘Maktab pasporti‘‘ tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Xalq ta’limi vazirligining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Umumta’lim maktablarida 10-sinflar ochilishi munosabati bilan o‘qituvchilarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish masalasi, 2017-2018 o‘quv yili uchun darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlarni chop etish hamda joylarga yetkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar shuningdek O‘zbekiston

Atom yadrosining tuzilishi. Protonlar va neytronlar

Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun fizika fanidan “Atom yadrosining tuzilishi. Protonlar va neytronlar“ mavzusi to‘g‘risida video dars tasvirga olindi.

AKTdan foydalanish bo‘yicha malakalarini yanada oshirish bo‘yicha joriy yilning 11-14 may kunlari o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida kasb ta‘limi fakulteti ‘‘Axborot ta‘lim texnologiyalari‘‘ kafedrasi o‘rtasidagi 2016 yilning 26-avgustdagi o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan bir qator seminar-treninglar va to‘garaklar o‘tkazilib kelinmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‘‘ davlat dasturi

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‘‘ davlat dasturi haqida