Tashkiliy tuzilma  >> Markaz faoliyati va vazifalari

Markaz faoliyati

Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 110-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga yangi tamoyillarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-3931-sonli qarori bilan Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi nomiga oʻzgartirildi.

 

Markazga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
Taʼlim beradigan multimedia ilovalarini ishlab chiqish (Taʼlim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish boʻlimi)

  • Ilgari ishlab chiqilgan taʼlim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni Oʻzbekiston Respublikasida oʻqitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish (Taʼlim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish boʻlimi);
  • Kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha taʼlim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borish (Rivojlantirish va tadqiqotlar boʻlimi);
  • Xalq taʼlimi xodimlari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institulari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni oʻtkazish (Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni oʻtkazish boʻlimi);
  • Axborot-taʼlim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qoʻllab-quvvatlash va boshqarish (Server maydonchasini boshqarish boʻlimi);
  • Axborot-taʼlim veb-portalini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash (Server maydonchasini boshqarish boʻlimi);
  • Maktablarni axborot-taʼlim veb-portaliga kiritish (Server maydonchasini boshqarish boʻlimi).

Markaz tuzilmasi va vazifalari

Boʻlimlar

Multimedia ilovalarni ishlab chiqish boʻlimi

1.Multimedia umumtaʼlim dasturlarini ishlab chiqish strategiyasi va AKTni taʼlim jarayoniga joriy etish masalalari boʻyicha yechimlarni amalga oshirish (texnologiya, dasturiy taʼminot, vositalarni tanlash)

2. Qoʻyilgan masalalarni yechishni konseptual sxemalarini ishlab chiqish;

3. Multimedia umumtaʼlim dasturlari va elektron oʻquv resurslariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;

4. Multimedia umumtaʼlim resurslarini loyihalash, ishlab chiqish va joriy etishni boshqarish;

5. Elektron va multimedia umumtaʼlim resurslarini ishlab chiqish (darsliklar, oʻquv kurslari, test dasturlari)Veb-ilovalar ishlab chiqish;

6. Ishlab chiqilgan veb-resurslarni olib borish (portallar, veb-saytlar)

7. Elektron oʻquv resurslarini ishlab chiqish;

8. Veb-ilovalar ishlab chiqish;

9. Ishlab chiqilgan veb-resurslarni olib borish (portallar, veb-saytlar, darsliklar, oʻquv kurslari, test dasturlari).

Rivojlantirish va tadqiqotlar boʻlimi (monitoring guruhi)

1. Rivojlantirish va tadqiqotlar boʻlimi faoliyatini tashkil qilish va boshqarish;

2. Markaz xodimlari tomonidan olib boriladigan ilmiy va metodik izlanishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

3. Barcha boʻlimlarning faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha analitik izlanishlarni olib borish va rahbariyatga bu haqda tavsiyalar berish;

4. Markazning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda, barcha boʻlimlarning faoliyatini muvofiqlashtirishda, xodimlar orasida vazifalarni taqsimalashda qatnashish;

5. Markaz tomonidan bajariladigan ekspert ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ularda qatnashish;

6. Markaz boʻlimlari va xodimlari faoliyati monitoringini olib borish. Markaz faoliyatiga tegishli boʻlgan XTV buyruqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Prezident farmonlarining ijrosi monitoringini olib borish;

7.Koreya loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarida oʻquv kompyuter sinflari, kommunikatsiya vositalari va dasturiy taʼminotning qoʻllanishi va ekspluatatsiya qilinishi monitoringini olib borish;

8. Markazning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy va texnik xujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va uni muvofiqlashtirish;

9. Markazning XTV va boshqa idoralarga tegishli tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorligini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, Markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron OAV, Internetda yoritishni olib borish;

Trening kurslarini ishlab chiqish va oʻtkazish boʻlimi

1. Loyiha doirasida koʻzda tutilgan seminar-trening dasturlarini va oʻquv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish jarayonlarini tashkil qilish;

2.Oʻrta umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha seminar-treninglarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish, seminar dasturi va oʻquv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish jarayonlarini tashkil qilish;

3. Loyiha doirasida yaratilayotgan elektron darsliklar mazmunini taqrizdan oʻtkazishni tashkil qilish;

4. Oʻtkazilgan seminar-treninglarning oʻquv jarayoniga taʼsirini aniqlash maqsadida monitoring olib borish.Loyiha doirasida koʻzda tutilgan 1-, 2- va 3- bosqich seminar-trening dasturlarini va oʻquv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish;

5. Loyiha doirasida koʻzda tutilgan malaka oshirish kurslarining dasturlarini, oʻquv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, takomillashtirish va ular asosida seminar-treninglarni tashkil qilish hamda oʻtkazish;

6.Oʻrta-umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha seminar-treninglarning dasturi, oʻquv materiallarini ishlab chiqish va oʻtkazish;

Server maydonchasini boshqarish boʻlimi

1. Server maydonchasini boshqarish;

2. Markaz resurslari va lokal tarmoqni boshqarish (Active Directory, DNS xizmatlarini sozlash va yoʻlga qoyish va h.k.)

3. Markaz resurslari va lokal tarmoqning xavfsizligini taʼminlash (virusga qarshi dasturiy taʼminotni oʻrnatish va yangilab borish, maʼlumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish, Markazning muhim rusurslarini muntazam ravishda nusʼxalab borish)

4. Markaz resurslaridan foydalanuvchilar roʻyxat yozuvlari reyestrini olib borishiXTV portali, Markaz veb-sayti va boshqa resurslarga maʼlumotlarni dastlabki tayyorlash, tahrir qilish va kiritish.

Moliya boʻlimi

1. Markaz moliya faoliyatini olib borish;

2. Buxgalteriya hisobini olib borish, moliya hisobotlarini tuzishMaterial va jihozlarni xarid qilish uchun xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

3. Nomoddiy aktivlar (dasturiy taʼminot, konsalting xizmatlar va h.k.) ni xarid qilish uchun hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

4. Gʻaznaga oid amallarni olib borish va gʻazna hujjatlarini rasmiylashtirish;

   12.12.2018