Yangiliklar  >>

Yangi oʻquv yiliga yangicha tayyorgarlik

Joriy yilning 25 avgust kuni poytaxtimizdagi muhtasham Yoshlar ijodiyot saroyida har yili yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan anʼanaviy tarzda tashkil etiladigan Maktab yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Respublika Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida boʻlib oʻtgan mazkur yarmarkaga ota-onalar, oʻquvchi yoshlar, talabalar va bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi. Turli nashriyot va markazlar tomonidan yangi darsliklar, oʻquv qurollari, zamonaviy elektron uslubiy qoʻllanmalar, kitoblar va maktab formalari namoyishi oʻtkazildi. Shuningdek, viloyat va tumanlardan kelgan iqtidorli yoshlar tomonidan yaratilgan robotli mashina, texnika va texnologiyalarning koʻrgazmasi tashrif buyurganlarda ajoyib taassurotlar qoldirdi.

26.08.2018

  • Yangi oʻquv darsliklari bilan tanishib chiqdim, - deydi Zavqiddin Nasimov. – Bilasizmi, bu yilgi joriy etilgan zamonaviy oʻquv qoʻllanmalaridan koʻnglimiz toʻq. Chunki, ular juda oson, sodda va qulay. Ayniqsa, kitoblarning elektron, audio yozuvlari, bolajonlarning til oʻrganishlari uchun diskka koʻchirilgan uslubiy qoʻllanmalar juda ajoyib. Bular farzandlarimiz uchun ancha qulaylik yaratishi tabiiy.

Yarmarkaga kelganlar oʻquv qurollari hamda kitoblarning sifati, narxi va uning qulayligiga qarab, kimdir farzandi yoki nabirasiga, kimdir esa sinlisi, ukasiga xarid qilmoqda. Bundan tashqari, koʻrgazma davomida tashrif buyurganlarga xushkayfiyat ulashish maqsadida, bayramona tadbir tashkil etildi. Respublika Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazining jajji tarbiyalanuvchilari, bir qator sanʼatkor va raqqosalar oʻzlarining chiqishlari bilan yigʻilganlar qalbiga iliqlik ulashishdi.

Tadbir soʻngida Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov OAV vakillari bilan brifing oʻtkazdi. Amaliy uchrashuvda Vazir Xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va kelgusidagi rejalari haqida hisobot berdi. Uning aytishicha, Prezidentimiz tashabbusi bilan, soʻnggi ikki oy ichida tizimda sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilgan. Xususan, taʼlim sifatini yaxshilash uchun xorijiy ekspertlar jalb qilingan. Oʻqituvchilar obroʻsini koʻtarish va ularning ish haqini oishirish borasida tegishli takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, Koreya Respublikasi, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Bundan tashqari, qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama ragʻbatlantiri maqsadida, vazirlik tomonidan ilk bor “Mening innovatsion gʻoyam” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Uchrashuv davomida Sh. Shermatov kelgusidagi istiqbolli rejalari bilan ham oʻrtoqlashdi.

Tadbir soʻnggida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.