Yangiliklar  >>

Oʻzbekiston maktablarida elektron jurnallar va kundaliklar joriy etiladi va bunda Xalq taʼlimi sohasida AKTni rivojlantirish markazining roli

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va “Дневник.ру” kompaniyasi umumtaʼlim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish boʻyicha loyihani amalga oshiradilar. Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz rasmiy veb saytida 2018 yil 6 avgustda eʼlon qilingan AKTni joriy etish yoʻlida davlat-xususiy sherikchiligi koʻrinishida hamkorlik qilish taklifiga asosan kelib tushgan arizalarni oʻrganish natijasida Rossiya kompaniyasining tashabbusi maʼqullandi.

19.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va “Дневник.ру” kompaniyasi umumtaʼlim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish boʻyicha loyihani amalga oshiradilar.

Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz rasmiy veb saytida 2018 yil 6 avgustda eʼlon qilingan AKTni joriy etish yoʻlida davlat-xususiy sherikchiligi koʻrinishida hamkorlik qilish taklifiga asosan kelib tushgan arizalarni oʻrganish natijasida Rossiya kompaniyasining tashabbusi maʼqullandi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda “Дневник.ру“ning Oʻzbekistondagi vakili “Kundalik” kompaniyasi ishtirok etadi va barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olgan holda mazkur.tizimni joriy qilish, faoliyatini taʼminlash va rivojlantirish ishlarini olib boradi.

“Kundalik” loyihasi Oʻzbekistondagi maktablarda fanlarni oʻzlashtirish darajasi va davomatni qayd etish tizimini joriy etishga qaratilgan.

“Kundalik” raqamli taʼlim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan “Дневник.ру” axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.

Tizim onlayn tarzda oʻqituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, shuningdek, taʼlim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.

“Kundalik” tizimi oʻquvchilar va ularning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi maʼlumotlarni kuzatib borish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va taʼlimga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin.

Xalq taʼlimi sohasida AKTni rivojlantirish markazi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining binolarida ichki lokal tarmogʻini va boshqa texnik masalalarni hal etadi.