Yangiliklar  >>

“Microsoft” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari uchun “Project Management Resource Kit” (PMRK) mavzusida seminar oʻtkazildi

Tadbir Prezidentimizning 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, taʼlim sohasini takomillashtirish, tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida tashkil etildi.

02.11.2018

Buyuk Britaniyalik soha xodimlari taʼlim sohasidagi mutaxassis va rahbarlarga katta loyihalarni samarali tarzda amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi. Shuningdek, asosiy eʼtibor loyihalarning boshqaruv tuzilmasini tuzish, taʼlim sohasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan rejalarni kelajakda qanday natija berishining tahlilini yaratish va hayotga qanday tatbiq etish usullari kabi mavzularga qaratildi.

Seminarda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan loyihalarning boshqaruv tuzilmasini tuzish, shuningdek, xalqaro tajribalarni oʻrganishga ham alohida eʼtibor qaratildi.