Yangiliklar  >>

Jahon banki bilan birgalikda ochiq maʼlumotlar portali (data.gov.uz) konseptsiyasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jahon banki bilan birgalikda ochiq maʼlumotlar portali (data.gov.uz) konseptsiyasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 6 dekabr kuni Jahon banki guruhining texnik missiyasi Oʻzbekistonga ochiq ekotizim davlatini oʻrganish va kelajakda masʼul davlat organlari bilan bir qator uchrashuvlarni oʻz ichiga olgan rivojlanish yoʻl xaritasini tayyorlash uchun Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.

13.12.2018

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jahon banki bilan birgalikda ochiq maʼlumotlar portali (data.gov.uz) konseptsiyasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 6 dekabr kuni Jahon banki guruhining texnik missiyasi Oʻzbekistonga ochiq ekotizim davlatini oʻrganish va kelajakda masʼul davlat organlari bilan bir qator uchrashuvlarni oʻz ichiga olgan rivojlanish yoʻl xaritasini tayyorlash uchun Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda markazning axborot tizimlari «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining taʼmirlash va qurilish monitoringi -stat.uzedu.uz”, “Maktab taʼlim jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan– xt.uzedu.uz” axborottizimlarining imkoniyatilari hamda vazirlikning “uzedu.uz” veb-saytidagi ochiq maʼlumotlar va “www.eduportal.uz” axborot-taʼlim portali namoyish etildi. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami-JSHSHIR (ПИНФЛ) yaratish va uni joriy etish boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi boʻyicha maslahatlar olindi. Ochiq maʼlumotlarning oʻqituvchilarga, ota-onalarga va oʻquvchilarga qanday ochiq holda taqdim etilishi boʻyicha savollarga javob berildi. Shundan soʻng tashrif buyurgan mehmonlarni markaz studiyasiga kichik ekskursiyaga taklif etildi.