Yangiliklar  >>

Ozarbayjonning “Chashioglu” kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi

Joriy yilning 10 yanvar kuni Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida Ozarbayjonning “Chashioglu” kompaniyasi va uning Qozogʻistondagi filiali “Edulifestyle” bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Edulifestyle” direktori Elchin Sulaymanov, “Chashioglu” kompaniyasidan mutaxassislar va Toshkent shahar maktablaridan oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

14.01.2019

Joriy yilning 10 yanvar kuni Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida Ozarbayjonning “Chashioglu” kompaniyasi va uning Qozogʻistondagi filiali “Edulifestyle” bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Edulifestyle” direktori Elchin Sulaymanov, “Chashioglu” kompaniyasidan mutaxassislar va Toshkent shahar maktablaridan oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvning avvalida kompaniya oʻzi haqida toʻliq maʼlumot berdi. “Chashioglu” tomonida tayyorlangan multimedia vositalari haqida reklama roligi namoyish etildi.

Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan Xalq taʼlimi xodimi, boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi Zeynab Xanum Ismoilova umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari uchun tayyorlangan multimediaviy tizim haqida taqdimot qildi.

“Taqdimot menga juda ham yoqdi. Barchasi aniq va sodda qilib tushuntirib berildi. Oʻqituvchilarda mavzu yuzasidan koʻrgazmali qurollar turli xil dars ishlanmalari mavjud ammo, hozirda bular bilan oʻquvchilarni jalb etib turish qiyin. Ularga mavzuni yanada aniqroq yetkazish uchun menimcha shunday multimediaviy qoʻllanmalar zarur”, – deydi 17- maktab oʻqituvchisi Raziyeva Zuhra

Uchrashuv soʻngida oliy toifali oʻqituvchi, darsliklar boʻyicha mutaxassis, Ozarbayjon yil oʻqituvchisi sovrindori Safura Ragimova oʻz taqdimoti bilan yakunladi. Shundan soʻng ishtirokchilar oʻz savollariga javob olishdi va har ikki tomondan oʻzaro fikrlar almashib, kelajakda hamkorlik qilishga kelishishdi.