12 mingga yaqin o'qituvchilar kompyuter savodxonligi bo'yicha testdan o'tkazilmoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 Xususan, 16 oktyabr kuni Xalq ta'limi vazirligi va Xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi xalq ta'limi xodimlarining kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash  bo'yicha test sinovlariga start berildi.  
Ushbu  test sinovlarini tashkil etishdan maqsad òqituvchi va maktab direktorlarining kompyuter savodxonligini aniqlash va AKT bilim  darajasini oshirishdan iborat.

Test sinovlari Sirdaryo viloyatining beshta tumanida, xususan, Guliston shahrida, Boyovut tumanida, Yangier tumanida, Oq-Oltin tumanida va Sirdaryo tumanida o'tkaziladi.
Test  òqituvchilarga alohida maktab direktor va ularning òrinbosarlari uchun alohida  murakkablikda tuzilgan bòlib,  
Ikki soat mobaynida 30 ta testni belgilash talab etiladi.  
22-oktabr kuni test sinovlarini yakunlanadi, xalq ta'limi sohasidagi 11904 o'qituvchi va xodimlari baholanadi.

Scroll to Top