Volontyorlik-xalq ta’limini rivojlantirishning zamonaviy yo‘li

 

Joriy yilning, 4-dekabr kuni  Xalq ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi  KOICA  bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda, KOICA agentligining volontyorlari (ko'ngillilari) tomonidan maktab o'quvchilari  va xalq ta'limi  tizimida faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarga, xodimlarga koreys tilini bepul o'rgatish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad xalq ta‘limi tizimini rivojlantirishda volontyorlar harakatini tashkil etishni boshlash, deyish mumkin.  Uchrashuvda volontyorlar harakati faoliyatini amalga oshirish bosqichlari ham muhokama qilindi. 
Muzokaralarda xalq ta'limi sohasida koreys tilini chuqur o'rganishning asosiy maqsadi chet tillarini mukammal biladigan mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, xalq ta’limi tizimini rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqish ekani ta'kidlandi.Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham takliflar bildirdi.

Scroll to Top