Britaniya Kengashi

2019 yilning fevral oyida Xalq ta`limi vazirligi va  Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda "Future English" loyihasini  amalga oshirishga kelishildi.

«Umumta’lim maktab o‘quvchilarining ingliz tili bilim darajasini aniqlash bo‘yicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish» loyihasi Britaniya Kengashining ta'lim tizimida ingliz tilini o'qitish va o'rganish sifatini oshirish bo'yicha global strategiyasini qo'llab-quvvatlaydi va kelgusida innovatsiyalarni rivojlantiradigan tadqiqotlar olib boradi.

Dasturning umumiy maqsadi mehnat bozorida ishlaydigan, yoki oliy o'quv yurtlariga kirgan maktab bitiruvchilari orasida ingliz tilini bilish darajasi pastligi muammosiga eng samarali yechimlarni topish, shuningdek, milliy darajada ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha xalqaro standartlar bilan taqqoslanadigan ishonchli ma'lumotlarning yo'qligi hamda ingliz tilini o'qitish bo'yicha milliy siyosat va strategiyani shakllantirish.

«Umumta’lim maktab o‘quvchilarining ingliz tili bilim darajasini aniqlash bo‘yicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish» loyihasi muammolarni hal qilishda yechimlarni aniqlash va ular uchun asos yaratish, ishonchli va aniq ma'lumotlarni ishlab chiqish va ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash orqali sifatli tadqiqotlarni amalga oshirish mo'ljallangan.

Loyiha Respublikaning Buxoro, Namangan,  Toshkent shahridagi maktablarda  sinov tariqasida o‘tkaziladi. Tizim 2019 ─ 2020 o‘quv yilidan respublikaning barcha hududlariga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Scroll to Top