Strategiya va biznes jarayonlarini optimallashtirish bo'limi

   Strategiya va biznes jarayonlarini optimallashtirish bo‘limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Markaz faoliyatini rivojlantirishda qisqa va uzoq muddatli istiqbolga ega ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadlarini aniqlash;
  • strategik rejalashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va Markaz rahbariyatiga taqdim etish;
  • mavjud jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish hamda operatsion va funksional jarayonlarni tizimli maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • biznes jarayonlarni boshqarishning innovatsion mexanizmini maqbullashtirish, takomillashtirish va joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • strategik maqsadlarga muvofiq biznes jarayonlarning sifati va samaradorlilik darajasini uni reglamentlashtirish, maqbullashtirish, normalash va asosiy parametrlarini nazorat qilish yo‘li bilan ta’minlash;
  • Markazning strategik rejalari va funksiyalari asosida biznes-jarayonlarni ishlab chiqish, reglamentlash va maqbullashtirish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqish, loyiha rejalarini bajarish;
  • tegishli boshqaruv, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarga erishish uchun asosiy biznes jarayonlarni maqbullashtirishning uzoq muddatli, yillik rejalar va prognozlarni bajarish;
  • dasturlar bilan ishlash yo‘riqnomalarini ishlab chiqish;
  • dasturiy vositalarni joriy qilishda ishtirok etish;
  • Bo‘lim vakolati doirasida boshqa topshiriq va majburiyatlarini amalga oshiradi.

Scroll to Top