Multimedia studiyasi bo'limi

  Multimedia studiyasi bo'limi - Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining tarkibiy qismidir.

    Bo‘lim xalq ta'limi tizimini rivojlantirish va isloh qilish, sohadagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  •  elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ko‘paytirish;
  •  sohaga oid media mahsulotlar bazasini yaratish va rivojlantirish;
  •  video,  foto, audio mahsulotlar tayyorlash;
  •  montaj ishlarini bajarish;
  •  markaz rahbariyati tomonidan belgilangan zamonaviy talablarga javob beruvchi axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  •  yagona davlat axborot siyosatini amalga oshirish uchun boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish;
  •  ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
  •  markaz faoliyatini va xalq ta’limi tizimini mamlakatning barcha hududlarida keng ommaviylashtirishda ishtirok etish.

Scroll to Top