Xodimlar bilan ishlash bo'limi

Bo'lim xalq ta`limi tizimini rivojlantirish va isloh qilish, sohadagi davlat siyosati va manfaatlarini namoyon qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Xodimlarning ish vaqti hisobini olib borish jadvalini tayyorlaydi va o‘rnatilgan tartibda bosh hisobchiga taqdim etadi.
  • Kadrlar haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi.
  • Xizmat safarlari buyruqlarini tayyorlaydi, ro‘yxatga oladi va o‘rnatilgan tartibda saqlaydi.
  • Vazirlik nomenklaturasidagi kadrlar zahirasini shakllantiradi va vazirlikka taqdim etadi.
  • Kadrlar yo‘nalishiga oid markazning ichki hujjatlarini ishlab chiqadi.
  • Xodimlarni ishga qabul qilishda tegishli hujjatlarini rasmiylashtiradi, mehnat shartnomalarini tuzadi.
  • Mehnat ta’tili jadvalini tuzadi, unga rioya qilinishini nazorat qiladi va mehnat ta’tillarini rasmiylashtiradi.
  • Xodimlar hisobini olib boradi va nazorat qiladi.
  • Yuqori tashkilotlar hamda boshqa idoralardan kelayotgan tegishli xatlar bilan ishlaydi, ularga o‘rnatilgan tartibda javob beradi.
  • Yangi tayinlangan va boshqa doimiy ishga o‘tkazilgan xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar tayyorlaydi, ro‘yxatga oladi va nazoratini yuritadi.
  • Markazning yillik va oylik ish rejalariga takliflar kiritadi.

Scroll to Top